Xush kelibsiz!¶
Nega bu yangi kitob ?
2015 yilda kitobning birinchi talqini chiqqanidan beri Pythonda ham, Telegram(Bot API)da ham ko'p narsa o'zgardi. Ushbu kitobda biz aiogram va Telethon kutubxonalaridan foydalanib, botlar bilan bog'liq bir nechta qiziqarli yondashuvlarni ko'rib chiqamiz.
Kitob kimlar uchun ?
Siz dasturlash va xususan Pythonni yaxshi bilsangiz, "venv" va "pip" nima ekanligi, hamda SyntaxError va IndentationError kabi "детский" xatolarni tushunib, tuzatishga qodir bo'lsangiz davom etishingiz mumkin. Pythonga endigina kirib botlar yozishni boshlamang, basic darajada o'rganing, vaqtingizni va asab hujayralarini tejang.
Atrof - muhit
Barcha bo'limlarda biz GNU/Linux oilasidan operatsion tizim sifatida foydalanamiz,
masalan, Ubuntu, Python 3.7 (Virtual muhitda) va dasturlash muhiti
PyCharm Community Edition, ammo Visual Studio Code ishlatishga ham ruxsat.
Shu bilan birga, Windows foydalanuvchilari xafa bo'lmang: kod bilan bog'liq hamma narsa sizda ham muammolarsiz ishlaydi, lekin systemd kabilarni Ubuntudan VirtualBoxda foydalanishingiz mumkin.
P.S. (Muallifdan)
Kitob matni va tegishli repodagi manbalar
butunlay bepul, MIT litsenziyasi ostida nashr etilgan va har kim yuklab olishi, o'zgartirishi va istalgan maqsadda foydalanishi mumkin.
Agar siz muallifga moddiy rahmat aytmoqchi bo'lsangiz, buni Ю.Money orqali donat qilish orqali bildirishingiz mumkin.
(Iltimos, donat izohlarida bu kitob uchun ekanligini ko'rsating).
P.S. (Tarjimondan)
Yordam beradimi yo'qmi bilmayman, ammo mahalliylashtirishda ancha qiynaldim juda ko'p so'zlar ingliz va rus tilida tushunarli va o'zgarmasdek tuyildi, shungami bilmadim ularni o'z xolicha qoldirdim (tarjima qovushmayotgan bo'lsa asl talqinini o'qing!).
Tarjimada xatolar bo'lsa bemalol repoga otib Pull Request yoki telegram guruhimizda @hoosnickga mention bering.
Manfaat keltirayotganiga bildirgi bersangiz, kitobning birinchi hamda yangilangan aiogram 3.x talqinini ham tarjima qilamiz.